KLOD ASHIL DEBYUSSINING FORTEPIANO IJODIDAGI IJROCHILIK TAMOYILLARI
PDF
DOI

Keywords

impressionizm, agogika,
nyuans, dinamika, tebr,
lad, faktura, ritm,
konsert, temp, kolorit,,
shtrix, prelyudiya, orkestr,
simfoniya,garmoniya,
faktura.

How to Cite

KLOD ASHIL DEBYUSSINING FORTEPIANO IJODIDAGI IJROCHILIK TAMOYILLARI. (2023). Journal of Culture and Art , 1(10), 71-79. https://imfaktor.icare.uz/index.php/jocaa/article/view/882

Abstract

Klod Debyussining fortepiano ijodidagi ijrochilik tamoyillari amaliy va nazariy
jihatdan tavsiflangan. Impressionizm va Sharq musiqasi ta’sirida shakllangan uslubi
musiqiy-tasviriy vositalarning yorqinligi va nafisligi, garmoniya va cholg‘ulashtirish usullari yangiligi, kuylari nozik va go‘zalligi bilan ajralib turadi. “Pelleas va Melizanda” (M. Meterlink dramasi asosida, 1902) operasi, “O‘yinlar” (1912), “Kamma” (1912), “O‘yinchoqlar qutisi” (1913) baletlari, simfonik orkestr uchun “Favnning tushdan keyingi dam olishiga prelyudiya” (S. Mallarme asari asosida, 1894), “Noktyurnlar” turkumi (1899), “Dengiz” (1905), “Iberiya” syuitasi (1908), kantatalar, 50 dan ziyod romanslar, qator cholg‘u (shu jumladan, fortepiano uchun mukammmal turkum) asarlar muallifi.               Butun 20-asr davomida fortepiano sanʼati “geografiyasida” sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. Jahon xaritasi kompozitorlar ijodidagi yangi tendentsiyalar, sahna san’atidagi yuksak yutuqlari bilan barchaning e’tiborini tortadigan yangi milliy maktablar bilan to‘ldiriladi. K. Debyussining Fortepiano va orkestr uchun fantaziyasi mavzu doirasining kengayishida, shakl xususiyatlarining erkin talqin etilishida, solo cholg‘ulardagi bayon etish uslubining rang-barangligida, temrlar mutanosibligining nozik qo‘llanilishida, garmonik va texnik imkoniyatlardan puxta foydalanishlarida ayniqsa
keng namoyon bo‘ldi. Impressionizm oqimida ijod qilgan fransuz kompozitori K. Debyussi fortepiano cholg‘usida bebaho asarlar, ayniqsa fortepiano va orkestr uchun mukammal asarlar yozgan va ularda klavish cholg‘ularining go‘zal tovushlar koloriti, tarixiy bosqichlarda rivojlanib kelgan boy garmonik ohamgi uyg‘unlikni kasb etadi. Zero, fortepiano cholg‘usining rivojlanish ergologiyasi barcha oqimlar, jumladan impressionizmda ham muhim ahamiyatga egadir. Uning tarixiga qarasak, klavikord       bilan bir    vaqtda     boshqa   klavishli   cholg‘u    asbobi   ham    taraqqiy etib, u har xil:  klavitsimbal ,   chembalo,  virdjinel,  klavisin     kabi    nomlar bilan     atalar edi. Ularning ichida klavesin mashhurlikka erishgan va bu cholg‘u uchun ko‘plab musiqiy asarlar yaratilgan bo‘lib, uning qapqoqli korpusi cholg‘u takomillashuvi natijasida yaratilgan royalning ko‘rinishiga o‘xshashlikni kasb etadi.

PDF
DOI

References

Qodirov R. Musiqa psixologiyasi, Musiqa, -T., 2005.

Алексеев А. Д. Методика обучения игре на фортепиано. –Москва: “Музыка”, 1978.

Либерман Е.Я. Работа над фортепианной техникой. – М., Классика-XXI, 2003.

Коган Г. Работа пианиста. –Москва: «Музгиз», 1963.

Конен В. История зарубежной музыки. 3 том. –Москва: «Музыка», 1981.

Либерман Е.Я. Работа над фортепианной техникой. –Москва: «Классика-XXI», 2003.

Алексеев А. Д. Методика обучения игре на фортепиано. –Москва: «Музыка», 1978.

Нейгауз Г.Г. Об искусстве фортепианной игры. Изд.5. -Москва: «Музыка», 1988.

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.