Abstract
Jarqoʻrgʻon minorasi - Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Minor qishlogʻida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (1108-1109). Xuroson meʼmorchilik maktabi anʼanalari asosida barpo etilgan. Yonida bir vaqtlar pishiq gʻishtdan qurilgan Jome masjid boʻlgan (saqlanmagan). Jarqoʻrgʻon minorasi 8 qirrali poydevor ustiga gʻishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavordan iborat. 20 metr balandlikda gʻishtdan panjarali ravoqlar ishlanib, uning ustida kufiy yozuvli belbogʻ hoshiya bor.