Abstract
Ushbu maqolada jahon eposshunosligi nuqtai nazaridan xalq qahramonlik dostonlarida madaniy hayot, urf-odatlar va ma’naviy qadriyatlarning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, o‘zbek xalqining eng qadimiy epik namunalaridan biri – “Alpomish” dostonida arxaik marosimlarning badiiy talqini, ularning mifopoetik va estetik funksiyalari yoritilgan. Muallif eposdagi shomonlik, totemik qarashlar, qarindoshlik rishtalari va marosimiy motivlarni tahlil qilib, ularning xalq dunyoqarashidagi o‘rni va badiiy ahamiyatini asoslab beradi. “Alpomish” dostonining xalq og‘zaki ijodi, mifologik tafakkur va etnografik an’analarning sintezi sifatida talqin etilishi orqali u xalqning tarixiy xotirasi va marosimiy tafakkurining badiiy ifodasi sifatida baholanadi.
References
Alpomish. O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari: 100 jildlik. Birinchi jild. Doston / Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015. – 512 b.
Turdimov Sh. Etnos va epos. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012. – B.70.
Eshonqul J. Epik tafakkur tadriji. – Toshkent: Fan, 2006. – B.5.
Qayumov O. Shomon yo‘qlovlarining o‘ziga xos xususiyatlari // O‘zbek folklorshunosligi masalalari: Ilmiy maqolalar to‘plami. 1-kitob. – Toshkent: Fan, 2006. – B.64–68.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.